Xedira: "Yuventus"ning "Napoli"dan ustunlik tomonlari ko‘p

  • 22 fevral, 2018, 15:42
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turinning “Yuventus” klubi yarim himoyachisi Sami Xedira “Napoli” bilan bo‘layotgan Italiya chempionatida raqobat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Nemis futbolchisi bunda jamoasining neapolliklardan ustunlik tomonlari ko‘proq ekanligini ma’lum qilgan.

Tecno

Biz juda kuchli jamoamiz. Gap faqat 11 futbolchi haqida ketmayapti. Bizdagi 20 nafar futbolchining barchasi professional. “Yuventus”ning “Napoli”dan ustunligi tomoni turinliklar ko‘proq sovrinlarga ega chiqqan, ammo jamoa hamon g‘alabalarga chanqoq, – deya Xediraning so‘zlarini keltiradi Sport1 internet nashri.

Italiya chempionati 25-turidan so‘ng “Napoli” 66 ochko bilan turnir jadvalini boshqarayotgan bo‘lsa, “keksa sinora” 1 ochko kam jamg‘argan holda 2-o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!