
Xedira sobiq jamoasiga qaytishi mumkin
"Yuventus" klubi yarim himoyachisi Sami Xediraning kelajagi hamon noma’lumligicha qolmoqda.
Bundan avvalroq esa unga "Arsenal", "Vulverxempton", "Beshiktosh", "Fenerbaxche", "Valensiya" va "Fiorentina” klublaridan qiziqishlar borligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Italiyan nashrlari tarqatgan xabarga ko‘ra unga “Shtutgart” ham qiziqish bildira boshlagan. Aytish kerakki, Xedira asli “Shtutgart” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U ushbu jamoada 2006-2010 yillarda to‘p surgan.
Ma’lumot uchun, Xediraning “Yuventus” bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilga qadar imzolangan. Uning transfer narxi esa 7 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar