
Hayme Mungiya navbatdagi g‘alabasini nishonladi (video)
Professional boksning o‘rta vazn toifasida (72 kg) faoliyatini davom ettirayotgan meksikalik bokschi Hayme Mungiya (39-0, 31 KO) Meksikaning Tixuana shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Mazkur kechada unga D'Mitrius Ballard raqiblik qildi. Uchrashuv uzoq davom etmadi. Raqibga nisbatan ustunligini ko‘rsatgan Mungiya 3-raunda texnik nokaut bilan g‘alaba qozondi.
Fikrlar