
Xavining bu gapidan "Barsa" futbolchilari hayajonda!
"Barselona"ning ko‘plab futbolchilari hujumchi Lionel Messining "Kamp Nou"ga qaytishidan hayajonda. Diario Sport xabariga ko‘ra, jamoa ustozi Xavi Ernandes o‘z jamoasiga 35 yoshli argentinalik futbolchining yaqin orada qaytishini aytgan. Bu yangilik "ko‘k-anorranglilar"ning ko‘plab futbolchilarini ruhlantirgan.
Avvalroq matbuotda hujumchi o‘zining qadrdon jamoasi bilan “1+1” ko‘rinishida shartnoma imzolashi mumkinligi haqida xabar berilgandi. Uning "Barselona"dagi maoshi esa yiliga 25 million evroni tashkil qiladi.
Ayni damda Messi PSJ safida Frantsiya chempionatida to‘p surmoqda. Uning Parij grandi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi.
Fikrlar