
Xavi: "Ularning uslubi bizga to‘g‘ri kelmaydi".
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi ertangi raqibi "Atletiko" jamoasi va uning o‘yin uslubi haqida gapirib o‘tdi. Uning aytishicha, raqib tanlagan uslub "Barsa" muxlislari uchun umuman mos emas.
"Biz bunday taktika tanlay olmaymiz. Menimcha, bizning muxlislar "Atletiko"ning uslubini qabul qila olishmasa kerak.
Bu gapim orqali uning afzalliklari yo‘q yoki foydasiz demoqchi emasman. Shunchaki, "Barselona" himoyaviy o‘yin ko‘rsatib, tavakkal qila olmaydi. Bu ayni haqiqat.
Biroq "Atletiko"ning usulini hech kim rad eta olmaydi. Ular shu yo‘l bilan 2 marta chempionatni yutgan va 2 marta Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan.
Shunga qaramay, biz ulardek o‘ynashni boshlasak, muxlislarimiz bizni kechirmaydi. Tan olaman, Simeone - ajoyib murabbiy.
Lekin uning qarorlari bizga to‘g‘ri kelmaydi. Yana shuni ayta olamanki, bularning hech biri tanqid emas", - dedi ispaniyalik mutaxassis.
Fikrlar