
Xavi shogirdini Italiyaga olib ketmoqchi
Turinning "Yuventus" klubi Xavi Ernandesni jamoa bosh murabbiyligiga taklif qilmoqchi. Bu haqda "El Nacional" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, "keksa sinora" joriy mavsum yakunlanganidan so‘ng Tiago Mottani almashtirishni rejalashtirgan. Turin klubi rahbarlari jamoaning ayni paytdagi natijalaridan norozi. Agar Xavi "zebralar" ustoziga aylanadigan bo‘lsa, "Barselona" yarim himoyachisi Fermin Lopesni sotib olishini istamoqda.
Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik mutaxassis o‘tgan yozda Kataloniya grandini tark etgandi va hozirda ishsiz bo‘lib turibdi.
Fikrlar