
Xavi "Real"ga qarshi final, JChdan keyingi muammo va Ter Shtegen haqida gapirdi
"Barselona" bosh murabbiyi Xavi Ispaniya Superkubogi yarim finalidan o‘rin olgan "Betis"ga qarshi bellashuv haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Biz ushbu o‘yinda turli sinovlarni engib o‘tdik. Birinchi taym to‘liq ustunligimizda o‘tdi, ammo gol ura olmadik. Bu kabi holat "Atletiko", "Espanol" va "Intersiti" kabi jamoalarga qarshi bahslarda ham kuzatilgandi.
Bu bizning orzumizdagi yakun, birinchi maqsadimizga erishdik. Kuchli raqibga qarshi to‘qnashuvda barchasini o‘zimiz uchun o‘zimiz qiyinlashtirdik. Avvalgi uchrashuvlardan boshqacharoq himoyalandik.
Yanada kuchliroq bo‘lishimiz lozim. Uchinchi golni urishimiz mumkin edi, biroq Jahon chempionatidan keyin bizni charchoq bezovta qilmoqda. Tarkibimizda yosh futbolchilar etarlicha, bu ularga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi.
Ter Shtegen ajoyib darvozabon. Uning harakatlaridan xursandman. U xuddi shirinlik ustidagi olchaga o‘xshaydi.
Men doim eng kuchlilarga qarshi maydonga tushib, ularni mag‘lub etishni istaganman. "Real" hozir shundaylar qatorida",-dedi ispaniyalik mutaxassis.
"Real" - "Barselona" uchrashuvi 15-dan 16 yanvarga o‘tar kechasi 00:00 da start oladi.
Fikrlar