
Xavi jiddiy klubni boshqaradigan bo‘lyapti
“Barselona”ni tark etganidan beri ishsiz yurgan Xavi Ernandes tez orada Italiya chempionatiga yo‘l olishi mumkin.
Agar “Milan” rahbariyati bosh murabbiy Paulu Fonsekani iste’foga chiqaradigan bo‘lsa, jamoani boshqarishni ispaniyalik mutaxassisga topshiradi.
El Nacional nashrining ma’lum qilishicha, milanliklar o‘z maqsadlari haqida Xavini xabardor qilgan va “Barsa” sobiq bosh murabbiyi Italiyada ishlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Xavi Kataloniyani tark etganidan keyin uni turli jamoalarda ishlashi haqida xabarlar tarqatildi. Oxirgi jiddiy taklif uning sobiq jamoadoshlari Lionel Messi, Luis Suares, Jordi Alba va Serxio Buskets o‘ynayotgan “INter Mayami”dan bo‘lgandi.
“Barselona” Xavi boshqaruvida Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar