
Xavi “Barsa”da yo‘l qo‘ygan eng katta xatosini tan oldi
Futbolchilik davrida “Barselona”ning haqiqiy afsonasiga aylangan Xavi Ernandes keyinchalik, ya’ni 2021-2024 yillar davomida ushbu jamoaga bosh murabbiylik ham qildi.
Ispaniyalik mutaxassis ish-faoliyati davomida xatoga yo‘l qo‘yganini e’tirof qildi.
- Boshqaruvda bir necha bor xatoga yo‘l qo‘yganimni tan olaman. Busketsning ketishi bizni jamoa o‘yin uslubini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.
Men yarim himoyada uch nafar hujumkor futbolchi bilan o‘ynashni ma’qul ko‘rardim. Lekin bu har doim ham o‘zini oqlamadi.
“Barselona”dagi tarixim tufayli mendan juda katta natijalar talab qilinardi. Aynan shu tufayli ehtiroslar jo‘shib ketgan va ayrim narsalarni yuragimga yaqin olgan paytlar ham bo‘lgandi. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu men uchun juda katta dars bo‘ldi, - dedi Xavi Ernandes.
Xavi qo‘l ostida “Barselona” Ispaniya chempionati va mamlakat Superkubogida g‘olib chiqqan. Shunga qaramay, ispaniyalik mutaxassis qadrdon klubida bosh murabbiylikdan iste’foga chiqarilgan edi.
Fikrlar