Xamzat Chimaevning keyingi nishoni kim, Striklend yoki Adesanya?

  • 28 oktabr, 2024, 13:23
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasidagi UFC jangchisi Xamzat Chimaev (14-0) keyingi jangida Shon Striklend (29-6) yoki Israel Adesanya(24-4)ga qashi kurashishni xohlamoqda.

Tecno

"Maqsadim - chempionlik. Lekin real olib qarasak, kamar uchun jang qilishimga yana bir oz erta. Buning uchun  Shon Striklend yoki Israel Adesanyani engishim kerak. Qaysi biri bilan jang qilish esa qiziq emas. Ammo bittasini tanlash kerak bo‘lsa, Shon Striklendga qarshi bahsni afzal ko‘raman", - dedi chechenistonlik sportchi.

Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan "UFC 308" turnirida Chimaev 1-raundadyoq Robert Uittakerni bo‘g‘ish usuli orqali mag‘lubiyatga uchratdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!