Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

CHERY AUTO

Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

Tecno

Unda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Prezidenti, Osiyo Olimpiya Kengashi Osiyo o‘yinlari Bosh direktori Haydar Farmon, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi vitse–Prezidenti, O‘zbekiston milliy media assotsiatsiyasi Boshqaruvi Raisi Sherzodxon Qudratxo‘ja va Assotsiatsiya Bosh kotibi Muhammad Rizo Nossiriylar ishtirok etdi.

Janob Farmon Kurashning xalqaro maydondagi rivoji, joriy yilda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan kattalar o‘rtasidagi Jahon chempionati haqida batafsil ma’lumot berdi:
2022 yilning 23-28 noyabr kunlari Hindistonning Puna shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida XIII Jahon chempionati va Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining XIX Kongressi bo‘lib o‘tadi. Mazkur chempionatga IKA tarkibidagi 70 ga yaqin davlatdan eng kuchli polvonlar ishtirok etadi.

Chempionat doirasida Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tadi. Kongreesda Xalqaro sport o‘yinlariga Kurashni rasmiy kiritish, Kurashning hakamlik va murabbiylik qoidalari, musobaqalarni tashkil etish tartibi, 2023 yilda amalga oshiriladigan ishlar rejasi, Dunyoda Kurashni rivojlantirishda yuzaga kelgan muammolar, IKA tarkibidagi milliy federatsiyalarni a’zolika qabul qilish, a’zolikni to‘xtatish va ko‘plab masalalar ko‘rib chiqiladi.

Anjuman davomida IKA Prezidenti tomonidan Kurashning Afrika o‘yinlari Dasturiga kiritish bo‘yicha Afrika milliy olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi Prezidenti Mustafa Berraf bilan kelishuvga erishilganligi ma’lum qilindi.
Mazkur voqe’lik sevimli sportimiz Kurashning Afrika qit’asida keng rivojlantirish yo‘lida tarixiy voqeadir.

Shuningdek, Evropa olimpiya qo‘mitasi a’zolari bilan muzokaralar o‘tkazilib, Kurashni Evropa yoshlar o‘yinlariga Dasturiga kiritish bo‘yicha dastlabki kelishuvlar amalga oshirilgan. Mazkur masala bo‘yicha muzokaralarning amaliy bosqichi davom etmoqda.
Qayd etib o‘tish lozimki, qit’aviy o‘yinlar Olimpiya o‘yinlaridan keyingi o‘rinda turadigan nufuzli sport bayramidir. Kurashning qit’aviy o‘yinlar Dasturidan rasman o‘rin olishi kelgusida Olimpiya o‘yinlari Dasturiga kiritilishida muhim ahamiyatga egadir.

Bugungi kunda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasii tarkibida 140 ga yaqin davlatlar milliy federatsiyalari faoliyat yuritadi. O‘zbekiston hukumatining qo‘llab quvvatlashi va Assotsiatsiya raxbariyati sayi-harakatlari bilan Kurash sporti Osiyo o‘yinlarining barcha Dasturlaridan rasman o‘rin egallagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!