
Xabi Alonso “Real”dan uchtasini ketkazadi
Karlo Anchelottidan “Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso jamoani tarkibini o‘zi qo‘llaydigan o‘yin uslubiga moslashtirishni mo‘ljallamoqda.
Ispan matbuotining yozishicha, yangi murabbiy o‘ziga kerakli o‘yinchilarni olish uchun madridliklarning bir necha yulduzlari bilan xayrlashishga tayyor. Xususan, Xabi Alonso David Alaba, Rodrigo Goes va Fran Garsiyaning xizmatidan foydalanmoqchi emas.
Bu yulduz orasida Rodrigo Goesning vaziyati murakkab. Ilgari madridliklar o‘yinida asosiy firugalardan hisoblangan braziliyalik o‘yinchi keyingi paytda Vinisius Junior va Kilian Mbappe soyasida qolib ketyapti.
David Alaba esa, o‘tgan mavsumdagi og‘ir jarohatdan keyin yuqori sport formasiga qaytishi dargumon bo‘lib turibdi. Fran Garsiya ham o‘ziga berilgan imkoniyatlardan foydalana olgani yo‘q va katta ehtimol bilan Madridni tark etadi.
Fikrlar