"Western Asia Youth Chess-2025". Yosh shaxmatchilarimiz uchinchi turda qanday natija qayd etdi?

  • 23 aprel, 17:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Shaxmat
BEPUL PROPAN

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida rapid va blits shaxmat bo‘yicha yoshlar o‘rtasida chempionat bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur turnir 20-29 aprelgacha o‘tkaziladi.

Turnirda bir qator mamlakatlardan shaxmatchilar ishtirok etmoqda. O‘zbekiston, Hindiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, BAA, Afg‘oniston va mezbon Tojikiston shular jumlasidandir.

Ta’kidlash lozim, turnirda umumiy jadvaldan tashqari yana ko‘plab kategoriyalar mavjud. Xususan, qizlar o‘rtasida 8, 10, 12, 14, 16 va 18 yoshgacha bo‘lgan toifalar mavjud. Xuddi shu toifalar o‘rtasida raqobat yigitlar o‘rtasida ham bo‘lib o‘tadi.

Ushbu turnirdagi eng yosh (SG8) kategoriyada vakillarimiz bugun o‘z yurishini davom ettirdi.

Quyida 3-tur natijalari bilan tanishishingiz mumkin:

Qayd etish lozim, ushbu turnirda boshqa kategoriyalarda ham bir qator hamyurtlarimiz ishtirok etmoqda. Ushbu turnir tafsilotlarini bizning saytimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!