
WBC Gran-prisi. Mujibillo Tursunovning keyingi raqibi ma’lum
Kecha Ar-Riyod shahri (Saudiya Arabistoni)da davom etayotgan boks bo‘yicha WBC Gran-prisi doirasida super engil vazn toifasidagi janglar o‘tkazilgan edi.
Oqshom doirasida hamyurtimiz Mujibillo Tursunov Nigeriya vakili Maykl Adesodunga qarshi ringga ko‘tarilib, ochkolar hisobida g‘alaba qozongandi.
Endi Tursunov iyun oyida Gran-prining 1/8 finalida argentinalik Alan Ezikel Dutraga qarshi bahs olib boradi. Dutra kecha ilk bosqichda amerikalik Kriztech Bazalduani to‘rtinchi raundda nokautga uchratgan edi.
Bu haqda O‘zbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Fikrlar