Vitaliy Levchenko "So‘g‘diyona" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida gapirdi

  • 2 mart, 2024, 22:43
  • Karim Xudayqulov
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan "So‘g‘diyona" va "Neftchi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin yakunlandi.

Tecno

Mazkur bellashuvda mehmonlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Farg‘onaliklarning ikki golini ham nigeriyalik legioner Effiong Nsungusi kiritdi, jizzaxliklarning yagona goli esa Lyupche Doriev nomiga qayd etildi.

Shu tariqa, "yo‘lbarslar" ushbu g‘alabadan keyin 3 ochkoga ega bo‘ldi va jadvalda yuqori o‘rinlardan joy oldi.

Bellashuvdan so‘ng farg‘onaliklar ustozi Vitaliy Levchenko o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashib o‘tdi: 

"Barcha muxlislarni chempionat boshlangani bilan tabriklayman. Havo juda sovuq bo‘lishiga qaramasdan, tribunada ishqibozlar juda ko‘p edi va ularga shunchaki respekt. 

O‘yinga kelsak, juda ko‘p kurashlar guvohi bo‘ldik. Shuning uchun, kombinatsiyalar va o‘ylangan hujumlarda biroz oqsashlar bo‘ldi. Bu hali o‘yin rejimiga tushib olmaganimizdan dalolat. Biz uchun eng muhimi 3 ochko edi va yigitlarni bu g‘alaba bilan tabriklayman". 


Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Азимов Хасанбой
04/03/2024 14:21
Кучлилар уз уйда уйнаяпди Нефтчи 2 та уйинни мехмонда бошлаяпди бизга уйин эмас очко кк. Айрим командаларга ухшаб хакамлар оркали 3 очко омадику.
&
Журабой
03/03/2024 12:15
Нефтчи уйнолмади, омад эвазига ютди холос.