Virts "Liverpul" futbolchisi sifatida ilk intervyusini berdi

  • 21 iyun, 08:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul"ning yangi futbolchisi deb tanishtirilgan Florian Virts o‘zining ilk intervyusini berib, ushbu transfer va boshqa qiziqarli savollarga javob berdi:

Tecno

"Juda baxtiyorman va g‘oyat faxrlanaman. Nihoyat bu ro‘y berdi, men buni uzoq vaqt kutdim. Bu yangi sayohatdan juda xursandman. Bundesligani tark etib, Angliya Premer-ligasi futbolchisiga aylanishni istaganman. Bu men uchun mutlaqo yangi bosqich. Bu erda o‘zimni qanday ko‘rsata olishimni ko‘ramiz. Umid qilamanki, eng yaxshi tomonimdan namoyon bo‘laman" – dedi futbolchi klubning matbuot xizmatiga.

Eslatib o‘tamiz, Angliya chempioni Virts transferi haqida juma kuni kechqurun e’lon qilgan. Futbolchi so‘nggi 5 yilni "Bayer" tizimida o‘tkazib, 150 million evro atrofidagi summa evaziga mersesaydliklar safiga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!