Vinisiusning transferi hal bo‘ldimi?

  • 27 fevral, 08:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati jamoaning braziliyalik hujumchisi Vinisius Junior bo‘yicha Saudiya Arabistonidan tushgan taklifni o‘rganib chiqmoqda.

Tecno

Bu haqda The Telegraph nashri axborot tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, nomi sir tutilayotgan klub 24 yoshli to‘purar uchun yozda 240 million evro xarajat qilishga tayyorligini bildirgan.

Agar “Qirollik klubi” ushbu taklifni qabul qilsa, yangi transfer rekordi o‘rnatiladi.

Hozirgi rekord 2017 yili o‘rnatilgan bo‘lib, o‘shanda PSJ Neymar uchun “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi.

Ayrim manbalar “Real” Vinisius bilan amaldagi shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha muzokara boshlaganini ma’lum qilgan. So‘nggi xabarlarga qaraganda, braziliyalik yulduz talab qilayotgan mablag‘ klub xo‘jayinlarini qoniqtirmagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!