
Vinisius: "Muxlislarning banneri menga motivatsiya berdi"
"Real Madrid"ning braziliyalik yulduzi Vinisius Junior Xosep Gvardiola boshchiligidagi "Manchester Siti"ga qarshi bahsdan so‘ng muxlislarning banneri va kelajagi haqida gapirdi.
“Men “Siti” muxlislarining bannerini ko‘rdim. Bu esa menga yanada ko‘proq motivatsiya berdi. Agarda raqib muxlislar biror narsa qilishsa, bu menga ajoyib o‘yin o‘tkazish uchun ko‘proq kuch beradi"
Mening kelajagim? Bu savolni klub prezidentiga berish kerak. Bu erda uzoq vaqt qolishga umid qilaman. Bu mening uyim va men bu erda tarix yozmoqchiman.
Kim gol urishi yoki kim o‘yinning eng yaxshi futbolchisi ekanligi muhim emas. Biz "Real Madrid"ni eng yuqori darajaga olib chiqish uchun shu erdamiz. Eng muhimi bizning g‘alabamiz" - deya savollarga javob berib o‘tdi.
Ma’lumot o‘rnida, 24 yoshli futbolchi "shaharliklar"ga qarshi bahsda 90 daqiqa maydonda harakat qilib, so‘nggi golga assistentlik qildi. Uning ushbu harakatlarini "Sofascore" portali 8.2 ballga loyiq ko‘rdi.
Junior joriy mavsum "qirollik klubi" safida 30 ta bellashuvda ishtirok etib, 16 ta gol va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.
Fikrlar