"Vest Xem" 47 million evroga himoyachi sotib oldi

  • 6 iyul, 2024, 16:33
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Vest Xem" yozgi transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Jamoa "Vulverxempton"dan Maks Kilmanni o‘z tarkibiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi. 

Tecno

Ushbu transfer "bolg‘achilar"ga 40 million evroga tushdi. Futbolchi bilan esa 2031 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolandi, deya xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano. 

Kilmanni Xulen Lopetegi o‘z jamoasida ko‘rishni istadi va rahbariyatdan ushbu xaridni talab qildi. U 2018 yili "bo‘rilar" safiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgandi. Bugun esa London klubiga katta foyda keltirmoqda. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!