
Vattske: Van Gal faqatgina kuchli klublarni kuchsizlantirishi mumkin
Dortmundning “Borussiya” klubi sport direktori Xans-Yoaxim Vattske gollandiyalik mashhur mutaxassis Lui van Galning “Borussiya”ni boshqarishni istamasligi haqida murojaatiga keskin tanqidlar bilan javob qaytardi.
“Van Gal “Borussiya” sakkiz ochkolik farq bilan chempion bo‘lganda “Bavariya”ni boshqargan. Ular o‘shanda xatto 2-o‘rinni ham qo‘lga kirita olishmagan, 3-o‘rinda qolib ketishgan. Van Gal “Manchester Yunayted” misolida o‘zining qanday murabbiy ekanligini yana bir bor ko‘rsatib qo‘ydi. Uning qo‘lidan faqatgina kuchli jamoalarni kuchsizlantirish keladi”, - deydi Vattske.
Fikrlar