
Van Persi endi murabbiylikda o‘z omadini sinab ko‘rmoqchi
Yaqin o‘tmishning eng mashhur hujumchilaridan biri bo‘lgan Robin van Persi faoliyatini murabbiylikda davom ettirmoqchi.
Rijnmond nashri tarqatgan xabarlarga ko‘ra van Persi o‘zi tarbiya topgan "Feyenoord" klubi murabbiylar shtabida ish boshlaydi. U rotterdamliklar safida hujumchilar bilan ishlaydi.
Eslatib o‘tamiz, van Persi faoliyati davomida "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublarda to‘p surgan U 2001-2004 hamda 2018-2019 yillarda “Feyenoord” sharafini himoya qilgan.
Fikrlar