Valeriy Karpin Rossiya terma jamoasini OFKga o‘tishiga rozi

  • 15 noyabr, 2022, 17:16
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya terma jamoasi va "Rostov" bosh murabbiyi Valeriy Karpin sanktsiyalar va milliy terma jamoaning chetlatilishi fonida RFI UEFAdan Osiyo Futbol Konfederatsiyasiga o‘tishi g‘oyasi haqida gapirdi.

Tecno

Noyabr oyida Rossiya terma jamoasi Osiyo davlatlari – Tojikiston va O‘zbekiston vakillari bilan o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazadi. Uchrashuvlar 17 va 20 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

“Osiyoga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘larmidingiz? Hozirgi vaziyatda sizda boshqa variant bormi? Sanktsiyalar yumshatilishini qancha kutish kerak? Agar shunday imkoniyat bo‘lsa, men Osiyoga ko‘chib o‘tishga rozi bo‘lar edim", - deya Karpinning so‘zlarini keltiradi "Sport-ekspress".

Sentyabrida Karpin sanktsiyalar fonida Rossiyaning Osiyo futbol konfederatsiyasiga o‘tishi mumkinligi haqida aytgan edi. Keyin terma jamoa bosh murabbiyi bu 2-3 yil ichida amalga oshirish mumkin deya qo‘shimcha qilgan.

2022 yil bahorida Ukrainadagi vaziyat fonida Rossiya terma jamoasi Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga yo‘llanma taqdim etiladigan pley-off bosqichidan chetlashtirildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!