"Valensiya" Ronalduning agenti bilan kelishib olgan

  • 7 avgust, 2020, 19:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Valensiya"ning sobiq sport direktori 2006 yili Krishtianu Ronalduni jamoaga olib kelishi mumkin bo‘lganini aytib o‘tdi.

Tecno

- "Valensiya"da sport direktori bo‘lib ishlagansiz va Ronalduni xarid qilishga uringansiz. Nima uchun harakatlaringiz foyda bermagan?

- "Biz uni qo‘lga kiritish yo‘llarini izlab topa olgandik. Ronalduning hamkorlari hisoblanmish Nike va Coca-Cola bilan kelishuvga erishganmiz. Portugaliyalik o‘sha paytda 10 mln evro daromad qilardi.

Bu "Valensiya" uchun juda katta pul edi.

Aynan shu davrda u MYu bilan keskin munosabatda edi (Angliya terma jamoasi hujumchisi Ueyn Runi 2006 yilgi JChda maydondan chetlatilgan vaziyat tufayli), u hali o‘zining birinchi Chempionlar ligasini yutishga ham ulgurmagandi. Men uning agenti Jorje Mendesh bilan gaplashib olgandim.

2006/07 yilgi mavsumda "Valensiya" avjiga chiqqan edi, yangi stadion qurish uchun taxminan 250 mln dollar sarflagan va ishlashga jiddiy qo‘l uradigan prezident bor edi.

Ronalduni olishim uchun prezident rozilik bergan edi. Ushbu transfer "Valensiya" tarixini o‘zgartirishi mumkin edi. Menda allaqachon Mendesh tomonidan imzolangan shartnomalar bor edi. Biroq, bitim amalga oshmadi va bir necha yildan keyin, "Real" uni sotib oldi. Ba’zi transferlar tarixni o‘zgartiradi. Men Ronalduni jamoaga olib kela olmaganim ayanchli," dedi Karboni xotiralarini bo‘lishgan holda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!