
Vadim Nemkov PFL bilan shartnoma imzoladi
Rossiyalik aralash jang san’ati vakili, Bellator ning yarim og‘ir vazn toifasida sobiq chempion Vadim Nemkov PFL bilan yangi shartnoma imzoladi. Bu haqda "Ushatayka" nashri xabar bermoqda.
32 yoshli Nemkov professional MMA dagi faoliyatini 2013 yilda boshlagan. 2020 yil avgustida Bellator ning yarim og‘ir vazn toifasida chempionlik jangi o‘tkazib, amerikalik Rayan Beyderni nokautga uchratgandi. Rossiyalik bugunga qadar jami to‘rt bor kamarni muvaffaqiyatli himoya qilgan.
Ma’lumot uchun, 2024 yildan boshlab Vadim og‘ir vazn toifasida (120 kg) jang o‘tkazmoqda.
Fikrlar