Usmonali Ismonaliev: "O‘tkir Yusupov darvozasiga gol urganimda himoyachilarni aybi ko‘proq deb o‘ylayman"

  • 3 oktabr, 2022, 08:15
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliganing 20-turi yodda qolarli o‘yinlarga boy bo‘lyapti. “Bunyodkor”ning “Navbahor”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratgani fikrimizga misol bo‘la oladi.

Tecno

O‘sha bellashuvda raqib darvozasini ishg‘ol qilgan Usmonali Ismonaliev ham muxlislarda yaxshi taassurot qoldirdi. U yana bir bor O‘tkir Yusupov darvozasini ishg‘ol qildi.

Ilgari “Andijon”da o‘ynab yurganida ham “Navbahor”ga qarshi bahsda Yusupovni ojiz qoldirgandi va jamoasi yutgandi. Bu safar ham Usmonaliev yana namanganliklar darvozasiga gol urdi, jamoasi esa muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Mazkur futbolchi Sports.uz sayti uchun taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Bu qiyin o‘yin bo‘lishi kutilgandi. Shunga qaramasdan bizga ochko juda ham zarur bo‘lgan uchrashuv edi. Chunki ochkolar borasida bizdan pastdagi klublar deyarli etib olgandi. Yuqorimizda turgan jamoalar ham yana oldinga o‘tib ketayotgandi. Shuning uchun “Navbahor”ga qarshi bellashuv jamoamiz uchun nihoyatda zarur edi. Raqib “Navbahor” emas, balki boshqa klub bo‘lganida ham shunaqa “nastroy”da tushardik. Keskin bahslarga boy o‘yinga aylandi. Xudoga shukr, yuzimiz yorug‘ bo‘ldi. Keyingi o‘yinlarda ham shunaqa tayyorgarlik bilan o‘ynaymiz.

O‘tkir Yusupov menimcha hozir terma jamoamizning birinchi raqamli darvozaboni. U yaxshi formada. “Navbahor”ga urgan golimda raqib himoyachilarini aybi ko‘proq deb o‘ylayman. Undan oldingi urgan golimda ham menimcha himoyachilarni xatosi bo‘lgandi. Doim mana shunday kuchli raqib – “Navbahor”ga qarshi uchrashuvda gol urib yutishni xohlayman. Bundan keyin ham shunday bo‘ladi, deb umid qilaman. Golimga xohish va ishtiyoq sababchi deb ham hisoblayman”, - dedi Ismonaliev.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
03/10/2022 10:11
Балли Усмонали арманлар жамоасига гол урганинг учун рахмат фак,ат насафга бу йилча гол урмай тур насаф чемпион бу'лволсин