
Usmon Toshev: O‘zbekistonga qarshi yomon o‘yin ko‘rsatmadik
"Biroz charchadik va o‘ylaymanki yomon o‘yin o‘tkazmadik. Bugungi o‘yin o‘z ustimizda qiladigan ishlar ko‘p ekanligini ko‘rsatib berdi. Bosimni ham engib o‘tishni o‘rganishimiz kerak. Umuman olganda natijadan ko‘nglim to‘ldi.
O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida farq bor. Barcha hozir futbol o‘ynashni o‘rganib olgan. Bugun amaldagi chempionlarga qarshi yomon o‘ynamadik.
Bugun hujumda biroz omadimiz yurishmadi. Jamoamizda iqtidorli futbolchilar etarli, faqat mahorat bobida bugun biroz yutqazdik", - dedi Toshev.
Fikrlar