Ular har qanday jamoani kuchaytiradi. Ro‘yxatda Vitaliy Denisov ham bor!

  • 7 avgust, 2020, 20:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Rossiyalik futbol espertlari ayni paytda erkin agent sifatida istalgan jamoaga qo‘shilib, uni kuchaytira oladigan mahoratli va tajribali futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.

Ushbu ro‘yxatga Rossiya futbolida ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisov ham kiritildi.

- Vitaliy Denisov Moskvaning “Lokomotiv” jamoasidagi o‘yinlari bilan barchaning qalbidan joy olgan. Uzoq muddat davomida barqaror to‘p surib,  o‘yini saviyasini yuqori darajada ushlab tura oldi. 33 yoshli qanot himoyachisi 1 iyuldan erkin agentga aylandi. U chap qanot futbolchisi xizmatlariga ehtiyoj sezayotgan jamoalarni kuchaytira oladi, - deyiladi maqolada.

Shuningdek, Rossiya jamoalaridan taklif kutayotganlar ro‘yxatidan Denis Glushakov, Anton Mitryushkin, Artur Yusupov, Viktor Alvares, Maurisio, Yaya Sanogo, Seydu Dumbiya, Loik Remi, Yosip Pivarich, Mapu Yanga-Mbiva kabi futbolchilar o‘rin olgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!