
Ukraina terma jamoasi darvozaboni APL klubiga o‘tishi mumkin
Londonning "Vest Xem" klubi Kievning "Dinamo" va Ukraina terma jamoasi darvozaboni Georgiyu Bushanga qiziqish bildirmoqda.
Evening Standard nashri tarqatgan xabarga qaraganda, ingliz klubi rahbariyati allaqachon kievliklar bilan muzokaralarning birinchi davrasini o‘tkazgan.
Aytish kerakki, Bushan "Vest Xem" tarkibida asosiy darvozabon Lukash Fabianski bilan raqobatlasha oladi. Ammo “bolg‘achilar”ga ukrainalik posbonni sotib olish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki "Dinamo" prezidenti Igor Surkis uni 15 million evroga baholamoqda.
27 yoshli Bushan o‘tgan mavsum "Dinamo" tarkibida jami 35 ta uchrashuv o‘tkazgan va o‘z darvozasidan 27 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning Ukraina klubi bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yozigacha tuzilgan.
Fikrlar