
Uimbldon. Qozog‘istonlik tennischi sensatsiya evaziga turnir g‘olibiga aylandi
"Katta dubulg‘a" turkumiga kiruvchi "Uimbldon" turnirining ayollar o‘rtasidagi bahslarida final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda qozog‘istonlik Elena Ribakina Tunis vakilasi Uns Jabirga qarshi kortga chiqdi. Uns ilk setni o‘z foydasiga hal etdi, ammo keyingilarida Ribakina ustunlikni o‘z tomonida og‘dira oldi. Yakuniy hisob - 3:6, 6:2, 6:2.
Shu tariqa, 23 yoshli Elena faoliyatidagi ilk "Katta dubulg‘a"sini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar