
"UFC 307" dagi bonuslar kimlarga nasib etdi?
AQShning Solt-Leyk-Siti shahrida o‘tkazilgan "UFC 307" turniri yakunlandi. Mazkur kechada ikkita chempionlik jangi bo‘lib o‘tdi. Unda Aleks Pereyra Xalil Rauntrini engib, uchinchi bor kamarini ximoya qilgan bo‘lsa, Julianna Penya Rakel Penningtonni mag‘lub etib, yangi chempionga aylandi.
Turnir yakunlangach, bonus g‘oliblari elon qilindi. Unga ko‘ra, Aleks Pereyra, Xalil Rauntri, Xoakin Bakli va Rayan Spenn 50 ming dollar miqdorda qo‘shimcha pul bilan mukofotlandi.
Eslatib o‘tamiz, Xoakin Bakli 12 may kuni o‘tkazilgan "UFC on ESPN 56" da hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboevni ochkolar evaziga mag‘lub etgandi.
Fikrlar