
"Ufa" futbolchisiga "Bazel"dan qiziqish bor
Rossiya Premer-ligasi o‘rtamiyonalaridan bo‘lgan "Ufa" klubi hujumchisi Gamid Agalarov faoliyatini boshqa chempionatda davom ettirishi mumkin.
Rus futbolchisiga Shveytsariyaning "Bazel" jamoasidan qiziqish bor. Boshqirdistonliklar bosh direktori Shamil Gazizov buni tasdiqladi. Hozircha, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar boshlang‘ich bosqichda.
Agalarovga "Bazel" qiziqmoqda. Ammo biz muzokaralarga faol kirishganimizcha yo‘q",-dedi Gazizov. 21 yoshli forvard RPL to‘purari hisoblanadi. Uning hisobida 13 ta gol bor.
Avvalroq, "Ufa"da to‘p tepayotgan legionerimiz "Ufa"da to‘p tepayotgan legionerimiz Oston O‘runovga "RB Leyptsig" qiziqayotgani xabar qilingandi.
Fikrlar