UEFA Yamal va Levandovskini jazoladi

  • 8 avgust, 21:20
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Evropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) "Barselona" hujumchilari Lamin Yamal va Robert Levandovskini Chempionlar Ligasi yarim finalidan o‘rin olgan "Inter"ga qarshi javob o‘yinidan so‘ng (4:3) antidoping qoidalarini buzgani uchun 5 ming evro miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda Marca xabar bermoqda.

Tecno

Manbaga ko‘ra, ikkala futbolchi ham antidoping nazorati talablarini bajarmagan va ko‘rsatilgan o‘yindan so‘ng darhol nazorat punktiga kelish iltimosini e’tiborsiz qoldirgan.

O‘tgan Chempionlar ligasida Yamal 13 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Levandovski esa turnirda 13 ta uchrashuvda 11 ta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!