UEFA nega Infantinoni tanqid qildi?

  • 16 may, 16:22
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoni umumfutbol manfaatlaridan ko‘ra shaxsiy siyosiy manfaatlarni ustuvor qo‘yishda aybladi.

16 may kuni Paragvay poytaxti Asunsonda FIFA kongressi yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi kerak. Infantino Qatardan o‘z vaqtida qaytib kelishga ulgurmagani sababli yig‘ilish uch soatga kechiktirildi. Buning sababi Arab mamlakatida FIFA rahbari AQSh prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuv o‘tkazgan edi.

"So‘nggi daqiqalarda jadvalning o‘zgartirilishi, aftidan, shaxsiy siyosiy manfaatlarga xizmat qilish uchun amalga oshirilgan bo‘lib, bu futbol manfaatlariga xizmat qilmaydi va uning manfaatlarini ikkinchi o‘ringa surib qo‘yadi" - deyiladi UEFA bayonotida.

Avvalroq ham Infantino Tramp bilan uchrashgan va Amerika rahbari bilan Rossiya terma jamoasini xalqaro musobaqalardan chetlashtirish masalasini muhokama qilgan edi. Ta’kidlash joizki, AQSh 2026 yilgi jahon chempionatiga mezbonlik qiladigan uch davlatdan biri hisoblanadi.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!