
UEFA faqat bir shart evaziga "Yuventus"ga yordam berishga tayyor
Ayni paytda Superliga loyihasini faqat uchta klub ochiq qo‘llab-quvvatlamoqda - "Barselona", "Real" va "Yuventus". Turin klubi Italiyada tergov ostida. Jamoa hisobidan allaqachon 15 ochko olib tashlandi va bu yakuniy jazo emas, chunki hozir vakolatli organlar moliyaviy hisobotni chetlab o‘tish orqali to‘lanishi mumkin bo‘lgan ish haqini o‘rganmoqda.
La Gazzetta dello Sport nashri xabariga ko‘ra, agar "Yuventus" Superliga rejalaridan mutlaq voz kechsa, UEFA tergovda “keksa sinora”ga yordam berishga tayyor.
Eslatib o‘tamiz, dastlab Superliga g‘oyasini Evropaning 12 grand klubi qo‘llab-quvvatlagan edi. Biroq keyinchalik ularning 9 nafari muxlislardan norozi bo‘lib, tezda bu fikridan qaytgan.
Fikrlar