
Uchta qizil kartochka. Ikkita gol. Jangovar tarzda o‘tgan uchrashuvda “Atletiko” 3 ochkoni qo‘lga kiritdi
La Liaganing 15-turidan o‘rin olgan “Atletiko” – “Elche” uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi.
O‘yinda referi futbolchilarni 3 marta qizil kartochka bilan jazoladi. Birinchi taym so‘ngida “Elche” himoyachisi Gonzalo Verdu ikkinchi sariq kartochkasini olib maydonni tark etdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Mario Ermoso 3 daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olib, kuchlarni tenglashtirib qo‘ydi. 56-daqiqada Grizmanning pasidan keyin Joau Felish gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. 74-daqiqada esa Alvaro Morata ajoyib reydidan keyin hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Shu tariqa, “Atletiko” turnir jadvalida 3-o‘ringa chiqib oldi. “Elche” esa 20-o‘rinda bormoqda.
{game}3918078{game}
Fikrlar