Uch nafar hamyurtimiz bronza medallari uchun tatamiga chiqadi

  • 3 may, 16:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Dzyudo
CHERY AUTO

Tojikistonning Dushanbe shahrida o‘tkazilayotgan "Katta Dubulg‘a" turnirining ikkinchi kungi saralash bellashuvlari yakuniga etdi.

Tecno

Terma jamoamiz a’zolaridan uch nafari kechki final dasturida medallar uchun kurashni davom ettirish huquqini qo‘lga kiritdi. Ulardan ikki nafari - Suhrob Tursunov va Murodjon Yo‘ldoshev -81 kg vazn toifasining birinchi bronza medali uchun o‘zaro bahs olib borishadi. O‘ziga xos o‘zbek derbisi yakunida bronza medali aniq O‘zbekistonga ketadi.

Yurtimiz sharafini -73 kg vazn toifasida himoya qilayotgan Hojiakbar Toshev ham Murodjon Yo‘ldoshev singari 1/2 finalda yutqazib qo‘ydi. Endi u bronza medali uchun frantsiyalik Benjamin Aksusga qarshi tatamiga chiqadi. Final dasturi soat 17:00da boshlanadi. 

Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!