U "Yuventus"da qolish uchun maoshining kamayishiga ham rozi

  • 27 mart, 2023, 10:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliyalik qanot himoyachisi Aleks Sandro kelasi mavsumda ham “Yuventus” klubida qoladi. Bu haqda Tuttosport nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Manbaning qayd etishicha, 32 yoshli janubiy amerikalik futbolchi Turin klubi bilan shartnomasini uzaytirish uchun maoshini kamaytirishga ham tayyor. Sandro va "Yuventus" o‘rtasidagi amaldagi shartnoma muddati joriy mavsum oxirida o‘z nihoyasiga etadi.

Klub rahbariyati esa himoyachining kelajagi borasida hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q.

Aleks Sandro joriy mavsum A Seriyada 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!