U "Barselona"ga ortiq kerak emas

  • 20 may, 2021, 17:13
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" klubi rahbariyati yarim himoyachi Serxi Robertoning jamoadagi kelajak taqdiri borasida yakuniy qarorga keldi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchi "ko‘k-anor ranglilar"ga ortiq kerak emas. Shu sababli, uning yozda boshqa jamoaga o‘tish ehtimoli juda yuqori.

Robertoning “Barsa” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan. Klub rahbariyati uni kelasi yil tekinga qo‘yib yubormaslik uchun shu yozda sotib yubormoqchi.

Serxi Roberto joriy mavsum "Barselona"da jami 20 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Uning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!