
U 5 yilga qamaladi! Qatarda jurnalistni jonli efir chog‘ida tunab ketishdi! (Video)
Argentinalik taniqli jurnalist Dominik Metsger Qatar – Ekvador o‘yini oldidan jonli efirda chiqish qilayotgan paytida tunab ketildi. Jinoyatchilarni qidirish ishlari boshlab yuborilgan. Hatto, Dominikka o‘g‘ri qo‘lga olinsa, qanday jazo berish kerakligi haqida savol ham berildi. Keling, hammasini navbati bilan tushuntiramiz.
Metsger o‘z mamlakatida juda taniqli. U butun dunyoda bo‘layotgan barcha katta voqealar asosida reportajlar tayyorlashda benazir hisoblanadi. Yaqin bir oy ichida uni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan JCh borasidagi lavhalari Argentinaning eng reytingi baland telekanali "Todo Noticias"da muntazam berib boriladi. Katta ehtimol bilan, musobaqa uchun tayyorlangan ilk kadrlar uning xotirasida abadiy qolishi aniq.
Musobaqaning ochilish o‘yini oldidan ishqibozlar qurshovidagi jurnalist jonli efirda fikr va mulohazalarini bildirayotgan edi. Ko‘plab muxlislar birdaniga uni o‘rab oldi va kadrga tushish maqsadida kamera atrofiga oshiqdi. Keyinroq ma’lum bo‘lishicha, aynan o‘sha lahzalarda fanatlardan biri Dominikning cho‘ntagidagi hamyonini o‘g‘irlab ketgan ekan. Metsger aslida nima bo‘lganini bir soatdan so‘ng tushunib etdi. U mahalliy politsiya vakillari bilan suhbatlashar ekan, barchasini batafsil so‘zlab berdi.
Narigi tomondan esa, kutilmagan variant taklif etildi. “O‘g‘rini qo‘lga olgach, qanday chora ko‘raylik? 5 yil qamoq jazosi yoki Qatardan deportatsiya qilish?” Bu savoldan keyin shoshib qolgan qahramonimiz: “Meni jazoga aralashtirmang”,-dedi. Huquqni muhofaza qiluvchi organ vakilli esa, mamlakatda aqlli kamerlar ko‘p ekanligini va albatta jinoyatchi qo‘lga olinishini aytadi.
E’tiborlisi shundaki, Qatardagi mundial ko‘ngildagidek o‘tishi uchun 50 mingdan ortiq politsiyachi xizmat ko‘rsatmoqda. Stadionlar atrofida 15 mingdan ortiq kuzatuv kameralari o‘rnatilgan. Katta ehitmol bilan, Dominikni tunab ketganlarda suvdan quruq chiqish imkoniyati yo‘q.
Ya . U
Fikrlar