U-17 JCh. Saidov birinchi turda xet-trik qilgan Dumbiyaga etib oldi

  • 16 noyabr, 2023, 16:21
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Indoneziyada 17 yoshlilar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining 3-tur uchrashuvlari boshlandi. "B" guruhidan o‘rin olgan jamoalar o‘z o‘yinlarini o‘tkazib bo‘ldi. O‘zbekiston Ispaniya bilan durang o‘ynagan bo‘lsa, Mali Kanadani yirik 5:1 hisobida taslim qildi. 

Tecno

O‘zbekiston - Ispaniya uchrashuvining 53-daqiqasida Sobirov boshlab bergan hujumni Karimoq davom ettirdi va Saidovni birga-bir vaziyatga chiqarib yubordi. Bundan unumli foydalangan hujumchimiz hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. 

Shu tariqa, Saidov turnirdagi urgan gollari sonini 3 taga etkazib olib, to‘purarlar poygasida peshqadamlar orasiga qo‘shildi. 

Ayni paytda DumbiyaEliasRayanGeyeBarchimaslarning hisobida 3 tadan gol mavjud.

photo_2023-11-16_16-17-34

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!