tursunovning jamoasi so‘nggi o‘ringa tushib ketdi

  • 2 mart, 2019, 21:22
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Dostonbek Tursunov faoliyat olib boradigan "Renofa Yamaguchi" klubi bu tur o‘z maydonida "Ventfored Kofu" jamoasini qabul qildi. 

Tecno

Gollarga boy tarzda kechgan uchrashuvda mehmonlar 5:2 hisobidagi yirik g‘alabani qo‘lga kiritishdi. Tursunov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynab, sariq kartochka oldi.

"Renofa Yamaguchi"  hamon ochkosiz qolmoqda va turnir jadvalida so‘nggi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa o‘zining kelgusi o‘yinini safarda "JEF Yunayted"ga qarshi o‘tkazadi.

J2 liga. 2-tur

"Renofa Yamaguchi" - "Ventfored Kofu" 2:5

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!