
"Turon" Turkiyada Serbiya va Ukraina jamoalari bilan kuch sinashadi
Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda Baxtiyor Ashurmatov bosh murabbiyligidagi "Turon" klubi vakillari Turkiya davlatida mavsumoldi tayyorgarlik jarayonini olib bormoqda. Antaliya shahrida tashkil etilayotgan o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlari doirasida o‘tkaziladigan dastlabki o‘rtoqlik o‘yinlari vaqti ma’lum bo‘ldi.
1-fevral, chorshanba.
"Turon" (O‘zbekiston) - "Edinstvo UB" (Serbiya)
5-fevral, yakshanba.
"Turon" (O‘zbekiston) - "Chernomorets Odessa" (Ukraina).
Manba: "Turon" PFK matbuot xizmati.
Fikrlar