
"Turon" murabbiyining faryodlaridan so‘ng... Bugun "O‘zbekiston" stadionida VAR tizimidan foydalaniladi
Bugundan Superliga 3-tur bahslari start oladi. Kun doirasidan 2 ta o‘yin o‘rin olgan. Biri Yaypanda, ikkinchisi Olmaliqda o‘tkaziladi. "Lokomotiv" safarda "Turon" bilan kuch sinashadi, "Paxtakor" AGMK maydoniga tashrif buyuradi.
O‘yinning ahamiyatidan kelib chiqsak, VAR tizimi Olmaliqdagi bellashuvda qo‘llanilishini kerak. Ammo avvalgi turdagi nohaklikdan so‘ng yaypanliklar ustozi Islombek Ismoilovning keskin fikrlaridan so‘ng mazkur uchrashuvda ushbu texnologiya qo‘llanilayotgan bo‘lishi mumkin.
Farg‘onadagi "O‘zbekiston" arenasida ilk bor VAR tizimidan foydalaniladigan bo‘ldi. O‘yin 16:15da boshlanadi.
Fikrlar