
"Turon" klubida o‘zgarish
Superliga 26-turi doirasidagi "Turon" - "Andijon" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur o‘yin yakunidan so‘ng klub rahbariyati va ta’sischilari ishtirokida kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tgandi.
Klub qarorgohida tashkil etilgan ushbu yig‘ilish davomida jamoaning mavsum mobaynidagi natijalari tanqidiy ko‘rib chiqilgan va muhokama qilindi.
Shundan so‘ng, klub prezidenti lavozimida ishlab kelgan yosh mutaxassis Abduvahob Ahmadaliev o‘z arizasiga ko‘ra egallab turgan lavozimidan ozod etilgandi.
Bugun klub matbuot xizmati "Turon" klubi asoschisi va ta’sischisi Olimxon Ahmedov endilikda klub prezidenti lavozimida ham faoliyat olib borishini ma’lum qildi.
Fikrlar