"Turon" klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish
Pro ligada ishtirok etish uchun tayyorlanayotgan “Turon” klubiga doir navbatdagi xabar chiqdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lumot tarqatdi.
Unga ko‘ra, yangi mavsum oldidan “Turon” klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish yuzaga keldi. Bugunga qadar "Qo‘qon-1912" jamoasida ishlab kelgan tajribali darvozabonlar murabbiyi Andrey Baklanov bilan bugun rasman shartnoma imzolandi.

Shunday qilib, Baklanov endilikda “Turon” jamoasida darvozabonlar uchun mas’ul hisoblanadi. Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili ushbu lavozimda Bekzod Turg‘unov faoliyat olib borgandi.



Fikrlar