
Turin klubi o‘z to‘purari bilan shartnomani uzaytirdi
Turinning "Torino" klubi forvardi Andrea Belotti ushbu jamoada yana 3 yil qoladigan bo‘ldi.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 25 yoshli italiyalik futbolchi turinliklar bilan amaldagi shartnomasini 2022 yilga qadar imzolagan. Yangi kelishuvga ko‘ra uning tovon puli 100 mln evro etib belgilangan. Biroq, ushbu xabar hozircha rasman e’lon qilingani yo‘q.
Ma’lumot uchun, Belotti joriy mavsum “Torino” safida A Seriyada 36ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 15ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar