TsSKAning sobiq futbolchisi Fayzullaevdan kamchilik topdi

  • 20 dekabr, 2024, 16:48
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

TsSKAning sobiq himoyachisi Sergey Kolotovkin O‘zbekistonda 2024 yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan "armiyachilar" yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullaevning o‘yini haqida fikr bildirdi. 

Tecno

- TsSKA tarkibida yilning yorqin kashfiyoti sifatida bir kishini ayta olmayman. Masalan, "Lokomotiv"da Batrakov - haqiqatan ham kashfiyot. "Zenit"da esa Glushenkov jarohatga qadar dastlabki turlarda juda yorqin o‘yin ko‘rsatdi. TsSKAda menga yoqqanlardan Abbosni aytishim mumkin. U qiziqarli yigitcha, katta salohiyatga ega. Biroq, hozircha unga nimadir etishmayapti. Ko‘ramiz, odamlar ulg‘aygan sari kuchliroq bo‘ladi, - dedi Kolotovkin.

Ma’lumot uchun, RPLning joriy mavsumida 21 yoshli Fayzullaev TsSKA safida 16 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Rossiya kubogi doirasida ettita o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!