
"Tottenxem" "Real" futbolchisini sotib olmoqchi
"Tottenxem" "Real" futbolchisi Garet Beylni jamoada olib qolmoqchi. Bu haqida "Calciomercato" nashri xabar tarqatdi.
Manbaning ma’lum qilishicha, "shporlar" uelslik vingerning harakatlaridan mamnun va uning xizmati uchun "Qirollik klubi"ga 15 mln evro to‘lashga tayyor. O‘z navbatida, madridliklar ham ushbu taklifga rozilik berishi kutilmoqda. Pandemiya tufayli ularda moliyaviy inqiroz yuzaga kelgan.
31 yoshli Beyl sentyabr oyida londonliklar safiga ijara asosida kelib qo‘shilgan edi. Ortda qolgan vaqt mobaynida u 3 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar