
"Tottenxem" Beylning transferi masalasida "Real" bilan muzokaralarni boshladi
Londonning "Tottenxem" klubi "Real" vingeri Garet Beyl masalasida muzokaralar olib bormoqda.
El Chiringuito nashri tarqatgan xabarga ko‘ra klublar allaqachon uelslik futbolchining transferi masalasida o‘zaro aloqaga chiqishgan. “Shporlar” sobiq futbolchisi uchun “qirollik klubi”ga 30 mln evro to‘lashga tayyor.
Hozircha bu borada “Real”ning qarori qanday bo‘lishi va “Tottenxem” Beylni hozirmi yoki yozda sotib olishi haqida ham aniq ma’lumotlar yo‘q.
Ma’lumot uchun, Beyl “Tottenxem” safida 2007-2013 yillarda to‘p surgan va shundan keyin “Real”ga ko‘chib o‘tgan. U joriy mavsum 14 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2ta gol hamda 2ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar