“Tottenxem” Angliya terma jamoasi hujumchisini sotib olmoqchi

  • 8 avgust, 2024, 18:58
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun Angliya terma jamoasi va “Brentford” futbolchisi Ayvan Tounini sotib olmoqchi, bu haqida insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Tecno

“Shporlar” avvalroq, “Bourmunt”dan Dominik Solankeni xarid qilishmoqchi edi. Biroq, bourmuntliklar hujumchi uchun 60 million evro narx belgilashgan.

London klubi Touniga qiziqishiga sabab, hujumchining shartnomasi keyingi yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi. Shu tufayli, “Tottenxem” forvardni  30-40 million evro atrofida sotib olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!